Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vazirini qabul qildi

0
198
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Turkiy kengashning Bokudagi sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Vengriya hukumati rahbari Prezidentimizni Oʻzbekistonning kengashga qoʻshilgani bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Suhbat chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik istiqbollari koʻrib chiqildi. 

Amaliy hamkorlikka oid, avvalo qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, sanoat, farmatsevtika, turizm va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni ilgari surishda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyasining uchrashuvlarini muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi. 

Xalqaro ahamiyatga molik, jumladan Oʻzbekiston-YeI yoʻnalishidagi sheriklikning dolzarb masalari ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.