Oʻzbekiston Prezidenti Vyetnam bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
20
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan BRIKS sammiti doirasida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Vyetnam oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va amaliy aloqalarni, ayniqsa savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar kelgusi yil boshida Xanoy shahrida Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini, shuningdek, biznes forumi va sanoat koʻrgazmasini oʻtkazishga kelishib oldilar.

Yangi loyihalarni ilgari surish maqsadida neft-kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi. Ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini, shu jumladan vizasiz tartib joriy etish orqali kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi. Bosh vazir Fam Min Tin Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy tashrif bilan Vyetnamga kelishga taklif etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.