Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy bilan parlamentlararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi

0
41
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xitoy parlamenti rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Ostona shahridagi ShHT sammiti doirasida oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar natijalari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga yangi surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Xitoy Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ayniqsa, kambagʻallikni qisqartirish dasturini, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va «yashil» energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilish rejalarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotgani tasdiqlandi.

“Xitoy — Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi.

Jadal hududlararo aloqalarga yuqori baho berildi. Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda Xitoy oliy oʻquv yurtlarining filiallarini ochish, professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Konfutsiy instituti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi. Kelgusi yilda ikkinchi Taʼlim forumini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, parlament aʼzolari oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonun ijodkorligi tajribasini oʻrganish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish nazarda tutilgani qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.