Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
123
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Vazir Van I davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qoʻllab-quvvatlandi, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va koʻp qirrali hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Xalqaro kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.