Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyga tashrif buyuradi

0
206
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan joriy yil 24-27 aprel kunlari “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda boʻladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Forum ishida 40 dan ziyod xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari oʻrin olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. 

Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Prezidentimiz forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.