Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning «CAMCE» korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
51
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 oktyabr kuni Pekin shahrida «China CAMC Engineering» kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi.

«CAMCE» Xitoyning injiniring xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda sanoat va infratuzilma sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi korporatsiyasidir.

Kompaniya yurtimizda katta ish tajribasiga ega. Bugungi kunda «CAMCE» 2025 yilda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida olimpiya shaharchasi qurilishida ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda qoʻshma loyihalarni koʻpaytirishning amaliy jihatlari, jumladan, mamlakatimiz hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari qoʻshma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.