Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua va Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulin bilan muzokara oʻtkazdi

0
64
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xitoy mulkni boshqarish boʻyicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda qoʻshma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi, bunda asosiy eʼtibor mamlakatimiz yoʻl-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Eksport-import banki raisi bilan ham muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi.

XXR Eksimbankiga 1994 yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq boʻlgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi qoʻshma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari koʻrib chiqildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.