Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi “Amer International” kompaniyasi raisini qabul qildi

0
45
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 oktyabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida oʻziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri boʻlgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimoʻtkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shugʻullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod boʻlgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Van Venin Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi.

Kompaniya mamlakatimizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yoʻnalishi sifatida qarayotgani qayd etildi.

Misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qoʻshilgan qiymatli innovatsion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. 

“Amer International” kompaniyasi raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, mamlakatimizda mintaqaviy ofis ochish hamda qoʻshma innovatsion loyihalarni tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.