Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning “SANY” kompaniyasi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik rejalarini koʻrib chiqdi

0
58
marta koʻrilgan.

Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida “SANY” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Syan Venboni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

“SANY” shamol turbinalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi 10 ta kompaniya qatoriga kiradi. Shamol energetikasi qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishga, shamol elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va boshqarishga ixtisoslashgan.

Uchrashuvda kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol elektr stansiyasini barpo etish, shamol turbinalarining butlovchi qismlarini, qurilish va ogʻir yuk texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.