Oʻzbekiston Prezidenti XVF rahbari bilan hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qildi

0
21
marta koʻrilgan.

18 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi oʻziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. XVF bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan joriy yil iyun oyida Samarqand shahrida oʻtgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Fond rahbari Oʻzbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi natijalariga yuqori baho berdi hamda mamlakatimizdagi samarali yangilanishlarni ilgari surishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv chogʻida XVFning yurtimiz moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda konsalting koʻmagini koʻrsatish hamda mamlakatimiz idoralari mutaxassislarining salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir masalalar muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.