Oʻzbekiston Prezidenti XXR hududlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
94
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan oʻtkazgan uchrashuvda Oʻzbekiston hududlari va ShUAR oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston hududlarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat parklari va qishloq xoʻjaligi klasterlarini tashkil etish sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari eʼtibor markazida boʻldi.

Uchrashuv avvalida Ma Sinjuy XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini hamda Xitoy rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yoʻllangan samimiy tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda oʻtgan yil sentyabr oyida Samarqand shahrida oʻtgan va Oʻzbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yangi davrni boshlab bergan tarixiy sammitning sermahsul natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Oʻzbekiston – Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻlini qurish loyihasini jadallashtirishda ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarimizning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni bilan, shu jumladan savdo, logistika, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, turizm va taʼlim sohalarida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi aytildi.

Davlatimiz rahbari oʻzaro muloqot va almashinuvni faollashtirish, tashrif va biznes forumlarini tashkil etish, ustuvor loyiha va dasturlarni ilgari surish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.