Oʻzbekiston Prezidenti Yevroittifoq bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
26
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik boʻyicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Yevropa Ittifoqining yuqori darajali vakili davlatimiz rahbariga Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uni izchil kengaytirish uchun katta imkoniyat va salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va EI oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanishi ham bunga xizmat qiladi.

Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xoʻjaligi, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Oʻta muhim mineral resurslarni qayta ishlash sohasida oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo — YeI» birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish hamda oʻtkazish jihatlari koʻrib chiqildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.