Oʻzbekiston Prezidenti YeXHT Oliy komissari bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildi

0
142
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Milliy ozchiliklar masalalari boʻyicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari hamda millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasida qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

YeXHT institutlari bilan ustuvor yoʻnalishlarda – xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya sohalarida, gumanitar yoʻnalishdagi konstruktiv muloqot va sermahsul hamkorlikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻrta muddatli istiqbolda qariyb 50 ta tadbirni oʻtkazish nazarda tutilgan “yoʻl xaritasi” birgalikda amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Oliy komissar mamlakatimizda bagʻrikenglik va gumanizm madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo anglashuv va totuvlikni taʼminlash, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan siyosatga yuksak baho berdi.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, Afgʻonistonning tinch rivojlanishi va iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish borasidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.

Qator qoʻshma tadbirlar – milliatlararo totuvlik masalalari boʻyicha mintaqaviy seminar, xalqaro tajriba va YeXHT tavsiyalarining taqdimotini oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining millatlararo munosabatlar muammosiga  bagʻishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Koʻp tilli taʼlim sohasida, shu jumladan Markaziy Osiyo taʼlim dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish ham koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.