Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

0
22
marta koʻrilgan.

5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi «Perdana Putra» hukumat majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Oʻzbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. Soʻng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.