Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

0
18
marta koʻrilgan.

Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimiz yetakchisini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qoʻshinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib oʻtdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Soʻng davlatimiz rahbari otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara oʻtkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi — Yelisey saroyiga yoʻl oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.