Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida 9 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.
Oʻzbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari ham hozir boʻldi.
Shundan soʻng davlatimiz rahbari Fransiya Respublikasi Prezidentining Yelisey saroyiga yoʻl oldi.