Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

0
64
views

6 iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari oʻtmoqda. Tomonlar Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here