Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Samolyot oldida Oʻzbekiston yetakchisini Fransiya milliy taʼlim, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qoʻmondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
«Orli» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada oʻqiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlarimiz Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, oʻqish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga moʻljallangan.
Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi Oʻzbekiston-Fransiya muzokaralari boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari YUNYeSKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati oʻtkazadi.