Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi boshlandi

0
94
marta koʻrilgan.

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 21 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parijga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

«Parij-Orli» aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisini Fransiya madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun davlatimiz rahbari yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Tashrifning asosiy tadbirlari  22 noyabr kuniga moʻljallangan.

Ushbu mamlakat Parlamentining quyi palatasi – Milliy yigʻin raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emmanuel Makron muzokara oʻtkazadilar.

Davlat rahbarlari Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga birgalikda tashrif buyurib, xalqimiz madaniy merosiga bagʻishlangan, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar muzeylarining eng noyob eksponatlaridan iborat yirik koʻrgazmalar bilan tanishadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.