Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Abdulla Toʻqay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Ertaga, 6 oktyabr kuni, Moskvada boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.