Oʻzbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi boshlandi

0
121
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17 avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi Oʻzbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining birinchi manzili — muqaddas Madina shahriga keldi. 

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning  muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yoʻl oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.