Oʻzbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlandi

0
73
views

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq davlatimiz rahbari 19 iyul kuni Jidda shahrida “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etdi va nutq soʻzladi. Tadbir doirasida Saudiya Arabistoni Valiahdi, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari muqaddas Makka shahriga borib, umra amallarini ado etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here