Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuvlar oʻtkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.