Oʻzbekiston Prezidentining Vengriyaga tashrifi yakunlandi

0
128
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan Oʻzbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari koʻrib chiqildi.

Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here