Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov saylovda ovoz berdi

0
160
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Toshkent shahridagi 116-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, ertangi kunimiz ravnaqida bugungi Prezident saylovi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham yurtimizda ushbu siyosiy jarayonga puxta va qizgʻin hozirlik koʻrildi. Saylov yangi Saylov kodeksi asosida tashkil etildi.

Fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qoʻyilgan. Saylovlar demokratik huquqiy davlatning asosiy belgisi, xalq xohish-irodasining erkin ifodasidir. Mamlakatimizda yaratilgan saylov tizimi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqi toʻliq amalga oshishiga xizmat qilayotir.

Saylov jarayoni xalqaro huquq normalariga mos, oshkoralik, koʻppartiyaviylik, erkinlik, tenglik tamoyillariga muvofiq oʻtmoqda. Bunda saylov tizimiga oid qonunchilikda fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda erkin qatnashishi, ovoz berish yashirinligi, buni har bir fuqaroning oʻzi bevosita amalga oshirishi belgilab qoʻyilgani alohida ahamiyat kasb etdi.

Muhtarama Komilova, Temur Mamadaminov(surat), OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.