«Oʻzbekiston Qahramoni» unvonini berish toʻgʻrisida

0
204
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini taʼminlash borasidagi katta xizmatlari, soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yoʻlidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

Axmedov Muxamad Ismatovich

Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Buxoro viloyati
Ayupov Shavkat Abdullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori
Gafurov Ibragim Usmanovich

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim
Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasi mudiri

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti   Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2021 yil 24 avgust

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here