Oʻzbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilindi va cammit yakunida daraxt ekish marosimi boʻldi

0
74
marta koʻrilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:

– Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Bojxona ishlarida oʻzaro koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

– Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo memorandum;

– Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo memorandum;

– Savdo sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Toshkent va Doxa shaharlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.

Shuningdek, tashqi ishlar va adliya vazirliklari oʻrtasida 2023-2025 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshma platforma yaratish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

Oʻzbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bogʻida birgalikda daraxt ekdilar.

Bu Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz doʻstligini mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy intilishi ramzidir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.