Oʻzbekiston-Qirgʻiziston sammiti samarali boʻldi

0
31
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va toʻqimachilik sanoatida yirik qoʻshma loyihalarga start berildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanʼat ustalarining konsertini tomosha qildilar.

Bugun yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. «Xiva gilamlari» kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishildi.

Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-meʼmoriy durdonalarini ham ziyorat qildilar.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qoʻydi.

Shundan soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.