Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar

0
61
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Telekoʻprik tarzida oʻtgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning roʻyobga chiqarilishini shaxsan qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi “Beynov” gaz-oʻlchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.

Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani Oʻzbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Ushbu loyiha mamlakatimiz energetik xavfsizligini taʼminlash, “moviy yoqilgʻi”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yoʻlida oldinga tashlangan katta qadam, isteʼmoldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash uchun energiya resurslarining qoʻshimcha hajmlari demak.

Ushbu yirik loyihaning roʻyobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga joʻnab ketdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.