Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi — iftixor, gʻurur va shon-sharafimiz ramzi

0
902
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilinganining 28 yilligi  mamlakatimizdagi barcha taʼlim muassasalarida, tashkilotlarda  keng nishonlanmoqda! Jumladan,  Mudofaa vazirligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Bayrogʻimiz – faxru gʻururimiz” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
 
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor A.Ikromov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Hojimatov, Oʻzbekiston xalq shoiri I.Mirzo, Oʻzbekiston xalq artistlari A.Rafiqov, Z.Neʼmatovlar soʻzga chiqib, bayrogʻimiz cheksiz iftixor, gʻurur va shon-sharafimiz ramzi, xalqimiz qatʼiy irodasi ifodasi ekanini taʼkidladi.
 
Tadbirda bayrogʻimizga hurmat bajo keltirish eʼtiborga molikligi, harbiy qism va harbiy garnizonlarda davlat bayrogʻi toʻgʻrisida askarlarga alohida darslar oʻtilayotgani aytib oʻtildi. Bayroq matonat va jasorat ramzi boʻlib, uni himoya qilish vatanni himoya qilish ekani haqida soʻz yuritildi.
 
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.