Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash toʻgʻrisida

0
77
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy maʼnaviy merosimizni xalqaro miqyosda targʻib etish, ilgʻor innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuksak bilimli va malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlarimizni buyuk allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:    

«Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

Turayev Abbasxan Sabirxanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Yusupova Diloram Yunusovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Namazov Shafaat Sattarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

«Doʻstlik» ordeni bilan

Gusakova Svetlana Dmitriyevna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi, professor

Djalilov Abdulaxat Turapovich — «Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori, akademik

Ibragimova Elvira Memetovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, professor

Saidxanov Nasir Shakirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, professor

Xojimatov Olimjan Kaxxarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bogʻi laboratoriya mudiri, professor

«Shuhrat» medali bilan

Aimbetov Izzet Kalliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Ilyasova Saida Ravilevna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi

Ishnazarov Oybek Xayrilayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori oʻrinbosari, professor

Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna — Oʻzbekiston Milliy universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, professor

Olimov Xusniddin Kosimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor

Payziyev Shermaxamat Daliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor

Xudayberganova Durdona Sidikovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, professor

Hayotov Abdullo Raxmonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor

Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna — Oʻzbekiston Milliy universitetining falsafa va maʼnaviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.