«Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

0
255
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4907-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi aʼzolari tarkibini fanning ustuvor yoʻnalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar anʼanalarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan xakikiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan kuyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xakikiy aʼzosi etib tasdiklansin:

Fizika-matematika fanlari boʻyicha

1. Azamov Abdulla — Fanlar akademiyasi Matematika instituti boʻlim mudiri
2. Baxadirxanov Muxamed Kabir — Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri
3. Baxramov Sagdilla Abdullayevich — Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari boʻlim raxbari-ilmiy kotibi
4. Zaynabidinov Sirajidin — Andijon davlat universiteti professori
5. Lagʻayev Saidaxmat Norjigitovich — Samarkand davlat universiteti kafedra mudiri
6. Usmanov Timurbek — Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

7. Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich — Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

Kimyo fanlari boʻyicha

8. Jalilov Abdulaxat Turapovich — “Toshkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori
9. Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich — Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi
10. Namazov Shafaat Sattarovich — Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
11. Turayev Abbasxan Sabirxanovich — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari

Biologiya fanlari boʻyicha

12. Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich — Innovatsion rivojlanish vaziri
13. Sabirov Ravshan Zairovich — Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
14. Tojibayev Komil Sharobitdinovich — Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

Texnika fanlari boʻyicha

15. Allayev Kaxraman Raximovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori
16. Igamberdiyev Xusan Zakirovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori
17. Mirsaidov Mirziyod — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri

Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha

18. Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich — Toshkent davlat agrar universiteti rektori

Tarix fanlari boʻyicha

19. Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich — Oʻzbekiston Milliy universiteti professori
20. Yusupova Diloram Yunusovna — Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha

21. Abduraxmanov Kalandar — G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali direktori
22. Aimbetov Nagmet Kalliyevich — Fanlar akademiyasi Qoraqalpoqiston boʻlimi raisi

Filologiya fanlari boʻyicha

23. Karimov Naim Fatixovich — qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi
24. Mirzayev Toʻra — Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi

Yuridik fanlar boʻyicha

25. Saidov Akmal Xolmatovich — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

Pedagogika fanlari boʻyicha

26. Jurayev Risbay — Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari

Tibbiyot fanlari boʻyicha

27. Alyavi Anis Lyutfullayevich — Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
28. Aripova Tamaraxon Uktamovna — Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori
29. Inoyatova Flora Ilyasovna — Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
30. Kurbanov Ravshanbek Davletovich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
31. Nazirov Feruz Gafurovich — akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha

32. Xakimov Akbar Abdullayevich — Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti boʻlim mudiri

2. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov,Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yoʻldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari doirasida 2018 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

“Yoʻl xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolari tomonidan, jumladan, quyidagi yoʻnalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;
joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
oʻz faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
taʼlim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;
xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda Oʻzbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;
ilm-fan taraqqiyotini taʼminlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targʻib qilish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yoʻldashev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolarining 2018 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumot kiritib borsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh..MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017 yil 29 dekabr

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.