Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida

0
132
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlansin:

Fizika-matematika fanlari boʻyicha

Axmedov Babomurot Jurayevich — Fanlar akademiyasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri

Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich — Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

Rozikov Utkir Abdulloyevich — Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori oʻrinbosari

Kimyo fanlari boʻyicha

Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich — Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori

Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich — Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

Reymov Axmed Mambetkarimovich — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

Biologiya fanlari boʻyicha

Davranov Kaxramon — Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori

Texnika fanlari boʻyicha

Sadikov Ilxam Ismailovich — Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori

Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha

Namazov Shadman Ergashovich — Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari

Tarix fanlari boʻyicha

Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli — Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha

Tuxliyev Nurislam — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

Filologiya fanlari boʻyicha

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Pedagogika fanlari boʻyicha

Ibraimov Xolboy — T.N. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Tibbiyot fanlari boʻyicha

Musabayev Erkin Isakovich — Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqikot instituti direktori

Psixologiya fanlari boʻyicha

Shaumarov Gayrat Baxramovich — “Profi universiteti” nodavlat taʼlim tashkiloti rektori

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari doirasida 2024 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

“Yoʻl xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolari tomonidan, jumladan, quyidagi yoʻnalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;

joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

oʻz faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

taʼlim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda Oʻzbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;

ilm-fan taraqqiyotini taʼminlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targʻib qilish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy aʼzolarining 2024 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumot kiritib borsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.