Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi Turkiyada

0
169
marta koʻrilgan.

Xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida, Turkiya davlatining Anqara shahriga yoʻl olgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi safari davom etmoqda.

Safar doirasida, Anqara shahrida TURKSOY xalqaro tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokara chogʻida, Turk tomoni 2020 yil “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingan Xiva shahrida sentyabr oyida oʻtkazishni rejalashtirayotgan katta tadbir xususida toʻxtalib oʻtdi.

Muzokara chogʻida, har ikki tomonning takliflari asosida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar xususida ham muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari tashrif doirasida bir qancha ahamiyatli uchrashuvlar oʻtkazdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.