Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

0
104
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

«Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

Azamov Abdulla — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri

Gulamov Kadir Gafurovich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

Zaxidov Anvar Abdulaxadovich — Amerika Qoʻshma Shtatlarining Dallas shahridagi Texas universiteti professori

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

Urolov Erkin Yunusovich — Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

Mamadjanov Anvar Alimjanovich — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, grafik rassom

Mansurov Imyar Idrisovich — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

Djumayev Baxshillo Shirinovich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, zardoʻz-usta, Buxoro viloyati

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

Sherov Abdulla — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist» faxriy unvoni bilan

Djurabayeva Charosoy Xosiljanovna — «Tumor» raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster

Kubayeva Dilnoza Okilbekovna — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Penkova Anastasiya Vasilyevna -Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri aktrisasi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Ansatbayev Najimatdin — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Askarov Axmadali — Toshkent davlat pedagogika universitetining Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori, akademik

Iskandarov Sadulla -Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Kamilov Erkinboy -Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Kenjabayev Kamchibek — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Andijon viloyati

Salimov Oqil Umurzoqovich -Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash «Ulugʻbek» jamgʻarmasi rahbari

Xakimov Akbar Abdullayevich -Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti tasviriy va amaliy bezak sanʼati boʻlimi mudiri

 «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Joʻrayeva Sanobarxon Raxmonovna — Asaka tumani madaniyat boʻlimi qoshidagi ansambl xonandasi, Andijon viloyati

Toʻrayev Aziz Oppoqovich -«Mehr va muruvvat» jamoat fondi raisi

Eshbekov Yuldash -Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini taʼminlash, jamiyatda oʻzaro totuvlik, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun quyidagilar mukofotlansin:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Bobomurodova Xosiyat -Samarqand davlat universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi

Inoyatov Sulaymon Inoyatovich -Buxoro davlat universitetining yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Madreimov Polat Shamshetovich -«Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli bosh baletmeysteri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Matyakubova Gavxar — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Sagdiyev Yodgar Xabibovich — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori

Salimov Olimjon — Oʻzbekiston davlat drama teatri bosh rejissyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna — «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Xasanova Muxtaram Urushovna — Boyovut tumanidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Azizov Turgun Tursunovich — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Djalilov Ismaildjan Tulyaganovich — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

Musakov Zulfixar Djalalovich — «Oʻzbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullayeva Azatxon — Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktrisasi

Abdullayeva Munavvara — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining musiqali, dramatik teatr va kino sanʼati kafedrasi professori

Allamuratov Mengnar Mamayusupovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari, shoir

Zakirov Raxmatilla Xusanovich — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, milliy musiqa cholgʻulari ustasi

Zaripova Karima Faxritdinovna — Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji direktori

Irismetov Murodjon Ergashevich — Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, akademik

Kayumova Adinaxon Zakirovna — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, doʻppidoʻz, Andijon viloyati

Qoʻziyev Toir Asqarovich — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining anʼanaviy ijrochilik boʻlimi oʻqituvchisi

Nishanov Baxodir Isanovich — Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Radjabov Kaxramon Kendjayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi

Usmanova Malika Shamsutdinovna — Toshkent shahar perinatal markazi direktorining neonatal xizmati boʻyicha oʻrinbosari

Ergashev Orzikul Muratovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Djabbarova Yulduz Qosimovna — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kafedra professori

«Doʻstlik» ordeni bilan

Abdiyev Allanazar Idireysovich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Abdullayeva Umida Zakirjanovna — Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Agzamov Miraziz Mirganiyevich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Agzamxodjayev Saidakbar Saidovich — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori

Azatova Feruza Murataliyevna — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ashula va raqs ansambli baletmeysteri

Azimov Sharif Tursunovich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, kulol, Samarqand viloyati

Alemasov Viktor Aleksandrovich — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining madaniyat va sanʼat menejmenti kafedrasi professori

Babaxanova Danisiya Dayanovna — Oʻzbekiston davlat drama teatri aktrisasi

Vildanov Djiangir Rumilevich — Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kollejining estrada aktyorligi boʻlimi katta oʻqituvchisi

Gʻoziyev Yunusali — Marhamat tumanidagi «Andijon samosi» xalq havaskorlik dorbozlar guruhi badiiy rahbari, Andijon viloyati

Davronov Behzod Damirovich — Rossiya Federatsiyasi davlat akademik katta teatri opera solisti

Jabborov Nurboy Abdulxakimovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri

Zunnunova Sevara Zakirjonovna — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri modelyer rassomi

Irzayev Bahrom Shaymamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi

Ismatullayeva Barnoxon Adiljon qizi — Germaniya Federativ Respublikasi Gannover davlat opera teatri solisti

Israilov Anvar Shavkatovich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, naqqosh, miniatyurachi rassom, Toshkent shahri

Israilov Umid Shavkatovich — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Kasimov Rifatilla Kudratullayevich — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining maqom cholgʻu ijrochiligi kafedrasi professori

Kim Lyudmila Sergeevna — Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Kuchiyev Ismatboy — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, publitsist

Quvatov Umriuzoq Yuldashovich — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi xonandasi

Quchqorova Muhabbat Uzoqovna — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, kashtadoʻz, Buxoro viloyati

Mamatova Shirin Mamadjanovna — «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Mannapov Sultanbek — Fargʻona davlat universitetining musiqa taʼlimi kafedrasi mudiri, professor, Fargʻona viloyati

Meldebekov Akjol Meldebekovich — Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati institutining estrada xonandaligi kafedrasi katta oʻqituvchisi

Milova Violetta Fedorovna — R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano boʻlimi oʻqituvchisi

Mirzayev Akmaljon Burxanovich — Fargʻona viloyati musiqali drama teatri aktyori

Muqimov Kamil — Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, akademik

Murodov Shonosir Shoazizovich — Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi uslubchisi

Najmiyev Amridin — Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ganchkor usta, Samarqand viloyati

Nazarimbetov Bazarbay Matjanovich — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artisti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nasimov Xilol Tulkunovich — Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, postanovkachi rejissyor

Nematov Zikrillo Xayriyevich — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Pogorelova Olga Vasilyevna — Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining numizmatika va maxsus saqlash fondi ilmiy xodimi

Raxmanov Karimbay — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati boʻlinmasi direktori

Rustamxoʻjayev Shokirxon Shodmonxoʻja oʻgʻli — Adabiyotshunos, matnshunos, Andijon viloyati

Risyukova Yuliya Vasilyevna — Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktorining oʻrinbosari

Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna — Toshkent davlat texnika universitetining mashinasozlik fakulteti dekani

Saydumarov Murtazo Goziyevich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining xorijiy tillar kafedrasi dotsenti

Salimov Shokaxxor Muxabbatovich — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, publitsist

Safyanova Venera Muzagidovna — Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi

Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich — Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor

Utepbergenova Bibirabiga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq cholgʻulari orkestri faxriy xonandasi

Umirzakov Baltoxodja Yermatovich — Toshkent davlat texnika universitetining umumiy fizika  kafedrasi professori

Faktorovich Gilsina Aksanovna — Samarqand viloyati rus drama teatri aktrisasi

Faxargaliyev Ravil Nagimovich — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri orkestr sozandasi

Xamidova Marfua Azizovna — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

Xarchenko Olga Ivanovna — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshligʻi oʻrinbosari

Xushvakov Nabi Olimovich — Shahrisabz davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktori, Qashqadaryo viloyati

Sharipov Boboxon — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon

Eshtuxtarova Oliya — Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktrisasi

Yuldashev Shoxrux Alisherovich — «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Yanov-Yanovskiy Dmitriy Feliksovich — Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, kompozitor

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Abdugaffarov Abdusattar Abdujabbarovich — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi

Kodirova Husniya Abdurasulovna — Kasbi tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Masharipova Dano Yangiboyevna — Chirchiq shahridagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent viloyati

Tadjibayeva Toʻlqinoy Obidjonovna — Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, Fargʻona viloyati

Xalmirzayeva Sayyora Shukurovna — Toshkent davlat agrar universitetining oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

Chukkiyev Rashit Abduvaxabovich — Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri aktyori

Ergashev Zokirjon — Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining puflama va zarbli cholgʻular kafedrasi mudiri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna — Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari boʻyicha prorektori  – koʻp tarmoqli klinikasi bosh shifokori, Samarqand viloyati

Abduraximov Zoxid Abduvasikovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sanator-kurortlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Boltayev Abdukarim Majitovich — Boysun tumani tibbiyot birlashmasining «Machay» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Surxondaryo viloyati

Gʻaybullayeva Shaxzoda Jalalovna — Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining «Gʻafur Gʻulom» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Nadirova Saodat Fayzillovna — Nishon tumani tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, Qashqadaryo viloyati

Saidov Maksud Arifovich — Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori

Xalimova Zamira Yusufovna — Akademik Yo.Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Halilov Najmiddin Shermatovich — Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi mudiri, Navoiy viloyati

Yunusov Abdulmajit Abdulaxatovich — Bagʻdod tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Fargʻona viloyati

«Sogʻlom turmush» medali bilan

Jonizoqova Sayyora Sonnibayevna — Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasining 17-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati

Jumaboyeva Margʻuba Umirbekovna — Xorazm viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya boʻlimi mudiri

Toshboyev Raximjon Axmedovich — Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Koʻchqorov Islomjon Nurali oʻgʻli — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Saydaliyev Javohir Abdurayim oʻgʻli — Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri sozandasi

Solijonov Xushnudjon Xurshid oʻgʻli — Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

«Shuhrat» medali bilan

Abduxalikov Mansur Maxsudovich — «Oʻzbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori

Bekturdiyev Akbar Egamberdiyevich — Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, postanovkachi kinorejissyor

Gandjayeva Lola Atanazarovna — Xorazm Maʼmun akademiyasining tabiiy fanlar boʻlimi boshligʻi

Gukasyan Narine Rudolfovna — U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi logopedi

Jiyemuratova Gozzal Dauletiyarovna — «Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jumayeva Malika Abidovna — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi ekskursovodi, Buxoro viloyati

Isamova Karomat Kadirovna — Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissyori

Isxakova Elsevar Djasurovna — «Oʻzbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar boʻyicha postanovkachi rassomi

Ishmuxamedova Shaxzoda Ravshanovna — Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri aktrisasi

Yoʻldasheva Muxabbat Xusnidinovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, tarjimon

Yoʻldashov Turgunpulat Valiyevich — Surxondaryo viloyati sanʼat saroyi bosh rejissyori

Karabayeva Farogat Rixsibayevna — Olmazor tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan bolalar uchun 1-internat uyi enagasi, Toshkent shahri

Karimova Gulchexraxon Taxirovna — Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati mumtoz raqs fani oʻqituvchisi

Kasimov Ubaydulla Patxullayevich — Respublika «Usto» uyushmasiga qarashli «Sharqona sayqal» xususiy korxonasi miniatyurachi rassomi

Keldiyev Anvar Farxadovich — Forish tumanidagi «Bogʻdon» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati

Kudryavseva Nadejda Anvarovna — Fargʻona viloyati rus drama teatri aktrisasi

Kurbanov Negmat Tuygunovich — Samarqand shahridagi 5-imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus madaniyat markazi rahbari

Lushnikova Yelizaveta Valentinovna — Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining arxeologiya fondi ilmiy xodimi, Samarqand viloyati

Mamasadikov Nurillo Shukrullayevich — Fargʻona shahridagi «Meridian Diagnostic Hospital» tibbiyot markazi rahbari, Fargʻona viloyati

Masharipov Odamboy Vapayevich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Xorazm viloyati

Masharipova Nargiza Otaxonovna — Urganch davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati

Nurilloyev Baxtiyor Baxshilloyevich — Romitan tumanidagi 12-bolalar musiqa va sanʼat maktabining anʼanaviy xonandalik sinfi oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Odilov Murodjon Shuxratovich — «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi kinorejissyori

Oxunov Mansurjon Nosirovich — Uchkoʻprik tumanidagi «Hangoma» havaskorlik teatri rejissyori, badiiy soʻz ustasi, Fargʻona viloyati

Raximov Baxram Abdiyevich — Dehqonobod tumani madaniyat markazining baxshichilik toʻgaragi rahbari, baxshi, Qashqadaryo viloyati

Ruziyeva Shaxista Abdulxamedovna — Andijon shahar koʻzi ojizlar kutubxonasi mudiri, Andijon viloyati

Roʻzimurodov Roʻzimurod Narzulloyevich — Qorakoʻl tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Sadirova Farogʻat Nishanovna — Konimex tumani «Doʻstlik» madaniyat markazi badiiy rahbari, Navoiy viloyati

Saidova Feruza Kamilevna — «Yangi avlod forumi» bolalar ijodiyot markazining teatr toʻgaragi rahbari, kino aktyori

Soliyev Adxam Umarovich — «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Soxibnazarov Sanʼatillo Nasrulloyevich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati

Stejka Veronika Yuryevna — «Oʻzbek davlat sirki» davlat muassasasi artisti

Toyirov Jamol Muxidinovich — Buxoro tumanidagi «Mavji Buxoro» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Buxoro viloyati

Umirova Inobat Moʻminovna — Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Fadeeva Tatyana Valeryevna — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri  kafedrasi katta oʻqituvchisi

Xashimov Akram Abdiyevich — «Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharririning oʻrinbosari

Xudayberdiyeva Gulbaxor Saydaxmatovna — Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati

Hasanov Hamza Rustamovich — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Shafiyeva Maryam Fuatovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 50-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Eshonqulov Begali Nurali oʻgʻli — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti          Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.