Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

0
52
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qoʻshgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, oʻzining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Maxsitov Baxodir — Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Gʻafurov Davron Dilmuradovich — Oʻzbekiston boks federatsiyasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich — Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo boʻyicha murabbiysi, Xorazm viloyati

Yarashov Yergali Abubakirovich — Qibray tumani sport maktabining boks boʻyicha murabbiysi, Toshkent viloyati

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abdullayev Ruslan Anvar oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Doʻsmatov Xasanboy Marfjon oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Moʻydinxoʻjayev Asadxoʻja Zohidxoʻja oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Xaloqov Abdumalik Anvar oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Doʻstlik» ordeni bilan

An Dmitriy Mixaylovich — Toshkent shahridagi «Paxtakor» futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi

Baraban Igor Petrovich — Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi

Muminova Gyozal Baxodirovna — Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining oʻrinbosari

Savinova Irina Aleksandrovna — Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish boʻyicha murabbiysi

I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Bobonov Davlat Husniddin oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Kondakova Muxabbat Bakiyevna — Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining oʻq otish boʻyicha murabbiysi

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Azizov Ulugʻbek Azim oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna — Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo boʻyicha murabbiysi

Qobulov Nurali Oʻktamovich — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tadjiyev Baxadir Muxitdinovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sogʻlomlashtirish ishlari boshqarmasi boshligʻi

Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich — Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks boʻyicha murabbiysi

«Sogʻlom turmush» medali bilan

Abduvaliyev Andrey Xakimovich — Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari

Kazakova Anna Valeryevna — Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining yengil atletika boʻyicha murabbiysi

Kun Yelena — Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi

Yusupov Nurmuxammad Tursunovich — Qorakoʻl tumanidagi kurash toʻgaragi rahbari, Buxoro viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullayev Aʼloxon Ayubxon oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Baratov Dilshodbek Baxtiyor oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Boymurodov Otabek Odiljonovich — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi

Jabborova Tursunoy Valijon qizi — Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Jafarov Saidjamshid Rustam oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Joʻrayev Oybek Odilbek oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Yoʻldoshev Murodjon Quvondik oʻgʻli — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon oʻgʻli — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Raxmonaliyev Umarali Maxamadali oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi

Fayzullayev Abbosbek Sayidjon oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Xusanov Abduqodir Xikmatjon oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Yusupov Alisher Xalimboyevich — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

«Shuhrat» medali bilan

Avezov Xamza Istamovich — Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks boʻyicha murabbiysi, Buxoro viloyati

Raximjanov Ilyas Burixanovich — Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks boʻyicha katta murabbiysi

Sobirov Maxkambek Umarjonovich — Toʻraqoʻrgʻon tumani sport maktabining futbol boʻyicha murabbiysi, Namangan viloyati

Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich — Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo boʻyicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Toʻychiyev Alisher Kurbanovich — Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks boʻyicha murabbiysi

Turaboyev Bekzod Saitkulovich — Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Umarov Elbek Aloxiddinovich — Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo boʻyicha murabbiysi

Xasanov Akmal Yoʻldoshevich — Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks boʻyicha murabbiysi

         Sh.Mirziyoyev          Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.