Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻladi

0
49
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Sammitlar kun tartibidan mazkur koʻp tomonlama birlashmalar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.