Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Belarus Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

0
94
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida poytaxtimizda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, soʻnggi yillarda oliy darajada oʻzaro ishonchga asoslangan muloqot yoʻlga qoʻyilgani tufayli Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari prinsipial jihatdan yangi darajaga koʻtarilganini taʼkidladi.

Sergey Rumas Oʻzbekiston Prezidentiga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Joriy yil avgust oyiga Belarusga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish muhim ekani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.