Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Prezidenti «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv oʻtkazadi.