Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Budapeshtga joʻnab ketdi

0
94
marta koʻrilgan.

Vengriya tomonining taklifiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor sohalarda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezidentimiz Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv oʻtkazadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.