Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga boradi

0
60
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-18 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Oʻzbekiston-Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yoʻllari koʻrib chiqiladi.

Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlik boʻyicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.

Tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.