Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Singapurda boʻladi

0
95
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yoʻnalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi boʻlib oʻtadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.