Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Hindiston – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etadi

0
151
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni videoanjuman shaklida oʻtadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuv kun tartibiga muvofiq, koʻp tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, mintaqaviy bogʻliqlikni kuchaytirish hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash masalalari koʻrib chiqiladi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar, transport va logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sammit yakunida doʻstlik munosabatlarini va ustuvor yoʻnalishlarda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan Dehli deklaratsiyasini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.