Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Jahon turizm tashkiloti bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
112
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv kun tartibidan mamlakatimiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli ixtisoslashgan hukumatlararo tuzilmasi oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin oldi.

Oʻzbekiston 1993 yildan buyon YUNVTO aʼzosi ekanini taʼkidlash zarur. Oʻtgan davrda tarmoqning ulkan salohiyatini roʻyobga chiqarish va Oʻzbekistonning turizm brendini xalqaro miqyosda ilgari surishga qaratilgan muhim tashabbus va qoʻshma dasturlar amalga oshirildi. Yurtimizda Tashkilotning Buyuk ipak yoʻli boʻyicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda sheriklik sezilarli darajada faollashdi. Bugungi kunda 2023 yilda Samarqand shahrida YUNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini oʻtkazishga birgalikda tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Suhbatda Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tashqi va ichki turizm koʻrsatkichlarining sifatli oʻsishiga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar natijalarini yuksak baholadi.

Mamlakatimiz bilan YUNVTO oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish, unga Oʻzbekistonning turizm brendini ilgari surish, samarali axborot kampaniyalarini oʻtkazish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, boshqa muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini kiritishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.