Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti «Mangold Konsalting» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

0
86
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning «Mangold Konsalting» kompaniyasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida taʼkidladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniyaning «MAN», «Klaas», «Lemken», «Knauf» kabi oʻz sohasida yetakchi boʻlgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. «Simens», «Bosh», «Vismann», «Xumana» va koʻplab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Germaniyadan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan Oʻzbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

«Mangold Konsalting» kompaniyasiga raislik qilish bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri boʻlgan «TUI grup» kuzatuv kengashining rahbari sanaladigan Klaus Mangold Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muloqot qilish ish imkoniyati hamda Germaniya ishbilarmon doiralarining mamlakatimizdagi loyihalari va takliflariga koʻrsatilayotgan har tomonlama koʻmak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Oʻzbekiston bilan keng koʻlamli va oʻzaro manfaatli biznes-sheriklikdan gʻoyat manfaatdor ekanini qayd etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.