Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi

0
106
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Sammitda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Koʻp tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi. Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.