Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etadi

0
89
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Yigʻilish yakunida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.