Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

0
127
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashishlari koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.