Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlarini yuqori baholadi

0
75
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, «BMT-ayollar» tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

BMT delegatsiyasi shu kunlarda Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo xotin-qizlar forumi doirasida mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tenglik masalalari boʻyicha yetakchi instituti rahbari Prezidentimizga Bosh kotib Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekistonda xotin-qizlarning mavqeini tubdan yaxshilash va jamiyatdagi maqomini oshirishga qaratilgan samarali islohotlarga yuksak baho berildi.

Uchrashuvda mamlakatimizning «BMT-ayollar» tuzilmasi bilan konstruktiv hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish sohasidagi barcha asosiy xalqaro konvensiyalarga qoʻshilgan, BMTning tegishli komissiyasi ishida faol ishtirok etmoqda.

Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi. Ushbu forumni Osiyo mintaqasida ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari boʻyicha doimiy muloqot platformasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzaro hamkorlik boʻyicha, shu jumladan mintaqaviy darajadagi aniq loyiha va dasturlarni oʻz ichiga olgan oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturni qabul qilish zarurligi qayd etildi.

«BMT-ayollar» tuzilmasining mamlakatimizda vakolatxonasini ochish masalasi qoʻllab-quvvatlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.