Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostona shahrining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etish uchun 6 iyul kuni Qozogʻiston poytaxti Ostonaga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.